MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

“Competitive Programming” dasturlash musobaqalari birinchi bosqichi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbus”ning uchinchi yoʻnalishi “Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish”ga qaratilgan hamda  Oʻzbekiston Respublikasi Milliy universitetining Jizzax filialida tahsil olayotgan talabalar davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv rejasida nazarda tutilgan tegishli fanlar bo‘yicha o‘z bilim va tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlarining noyob iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish kafedrasi tomonidan Algoritmik tillar va dasturlash fanidan filial talabalari oʻrtasida “Competitive Programming” dasturlash musobaqalari tashkil etildi.

2023 yil 12-noyabridan start “Competitive Programming” dasturlash musobaqalarining birinchi bosqichida 12-noyabr kuni 1-kurs talabalari o‘rtasida, 19-noyabr kuni 2-kurs talabalari o‘rtasida, 26-noyabr kuni 3- va 4-kurs talabalari o‘rtasidagi musobaqalar bilan yakunlandi.

12-noyabr kuni 1-kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etgan filailning Amaliy matematika, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnoilogiyalari, Axborot tizimlari va texnologiyalari hamda Axborot xavfsizligi ta’lim yo‘nalishlaridan jami 17 nafar iqtidorli talaba saralab olindi. Musobaqa  natijalariga ko‘ra kamida 2 ta masala ishlagan 10 nafar talaba musobaqaning final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan quyidagi talabalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi:

1-o‘rin. Komronbek Turdiboyev – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi 172-23-guruh talabasi

2-o‘rin. Jo‘rabekova Sevinch – “Amaliy matematika” ta’lim yo‘nalishi 153-23-guruh talabasi

3-o‘rin. Abdurashidov Javohir – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi 171-23-guruh talabasi

19-noyabr kuni 2-kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etgan filailning Amaliy matematika, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnoilogiyalari, Axborot tizimlari va texnologiyalari hamda Axborot xavfsizligi ta’lim yo‘nalishlaridan jami 16 nafar iqtidorli talaba saralab olindi. Musobaqa  natijalariga ko‘ra kamida 5 ta masala ishlagan 11 nafar talaba musobaqaning final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan quyidagi talabalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi:

1-o‘rin. Meliyeva Mohira – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi 471-22-guruh talabasi

2-o‘rin. Rustamov Ibrohim – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi 471-22-guruh talabasi

3-o‘rin. Rahmonqulov Diyorjon – “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi 481-22-guruh talabasi.

26-noyabr kuni 3- va 4-kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etgan filailning Amaliy matematika, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnoilogiyalari, Axborot tizimlari va texnologiyalari hamda Axborot xavfsizligi ta’lim yo‘nalishlaridan jami 17 nafar iqtidorli talaba saralab olindi. Musobaqa  natijalariga ko‘ra kamida 4 ta masala ishlagan 11 nafar talaba (Natijalar ilova qilinadi) musobaqaning final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan quyidagi talabalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi:

1-o‘rin. Abdualiyev Farxod – “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi 120-20-guruh talabasi

2-o‘rin. Ayxonov Samariddin – “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi 30-21-guruh talabasi

3-o‘rin. Nizametdinov Adxamjon – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi 110-20-guruh talabasi.

 

Keyingi, final bosqichi – joriy yilning 3-dekabr kuni mazkur bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishgan jami 32 nafar talaba o‘rtasida oʻtkaziladi.

11.09.2025

⭕️#o'rganish ⭕️O‘zMU Jizzax filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari 🔹Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax fil......

11.09.2025

⭕️#tadbir ⭕️Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning intilish va tashabbuslarini ro‘yobga chiqari......

11.09.2025

⭕️#milliylibos ⭕️Milliy libos – milliy g‘ururimiz! 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Milliy liboslar – xalqni......

11.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Ijtimoiy tarmoqlar va axborot madaniyati mavzusida suhbat – “Birinchi kurs maktabi”ning dastlabki mashg‘uloti. 🔹O‘z......

04.09.2025

⭕️#uchrashuv ⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda! 🔹Bu......

04.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Talabalikka bagʻishlov – yangi avlodning katta qadamidir 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston......

04.09.2025

⭕️#live 🇺🇿 O'zMU JF direktori talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Kelajak soati” darslarini oʻtdi 🇺🇿 Yurtimizda mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#bilimlarkuni “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#talabaga_qulaylik #jarayon ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib kutib olinmoqda.. ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib ......

04.09.2025

⭕️#bayram #Mustaqillikning34yilligi ⭕️ Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantan......