Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilning 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bildirgan takliflari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyuldagi 563-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2019 yil 10 iyuldagi 261-sonli qaroriga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tashkil etildi. Filial tarkibida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “Psixologiya” fakulteti o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Psixologiya fakultetida 2025/2026 oʻquv yilida 4 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi;
1. “Psixologiyasi” kafedrasi.
2. “Xorijiy tillar” kafedrasi.
3. “Oʻzbek tili va Ijtimoiy fanlar” kafedrasi
4. “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi.
Hozirda fakultetda quyidagi 4 ta kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1384 nafar bakavrlar tayyorlanmoqda.
1. 60310300 — Psixologiya
2. 61010100 - Turizm va mehmondoʻstlik
3. 60410100 – Iqtisodiyot
4. 60230101 - Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
“Psixologiya” fakulteti quyidagi malaka talablarini bajaradi va o‘z faoliyatini olib boradi.
1. “Psixologiya” fakulteti Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialining oʻquv-ilmiy va maʼmuriy boʻlinmasidan biri hisoblanib, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha talabalarni oʻqitish, taʼlim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uygʻunlashgan holda olib borishni taʼminlash, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shugʻullanadi.
2. “Psixologiya” fakulteti taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik korxona va muassasalar qoshida filiallarini tashkil etishi mumkin.
3. Fakultet mutaxassislar tayyorlashni ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi.
Kadrlar isteʼmolchilari talablari va soha xususiyatlarini inobatga olgan holda oʻquv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida fakultet tarkibida yangi boʻlimlar tashkil etilishi mumkin.
4. Fakultet, odatda, oʻz tarkibiga kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari)ga taalluqli kafedra va laboratoriyalarni, shuningdek filial tarkibidagi, faoliyat mazmuni boʻyicha fakultet ixtisosligiga mos boʻlgan boshqa kafedralarni birlashtiradi. Fakultet oliy taʼlim muassasasi ilmiy Kengashining qarori asosida filial direktorning buyrugʻi bilan tashkil etiladi. Kunduzgi boʻlim fakulteti talabalar soni 200 dan ortiq boʻlganda tashkil etiladi.
5. Fakultet ishiga rahbarlikni fakultet dekani amalga oshiradi. Fakultet dekani, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, filial direktori tomonidan fan doktori, professor yoki fan nomzodi, dotsentlar safidan 5 yil muddatga tayinlanadi. Dekan lavozimi mustaqil shtat lavozimi hisoblanadi va uni oʻrindoshlik tartibida egallashga ruhsat etilmaydi.
6. Fakultet dekanining asosiy vazifalari:
- fakultetda oʻquv, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
- filial va fakultet ilmiy Kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
- oʻquv-tarbiyaviy jarayon hamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliyot ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- oʻquv mashgʻulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun masʼul hisoblanadi;
- talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;
- talabalarni kursdan kursga oʻtkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik taʼtil berish va stipendiya tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar mavjud boʻlgan hollarda, ular bilan ishlashni taʼlim muassasasining halqaro boʻlimi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
- iqtidorli talabalarni izlash va ular bilan ishlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar, hamda fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiadalar tanlovida ishtirok etishga tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarni tashkil etadi;
- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa boʻlib bajarishga oʻrgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
- aspirantlarni tayyorlash, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi, alohida oʻrnak koʻrsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etadi;
- fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari boʻyicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, kompyuter savodxonligi boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etadi;
- “Yilning eng yaxshi fakulteti” unvoni uchun oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovda fakultet ishtirokini tashkil etadi;
- fakultet ilmiy Kengashiga rahbarlik qiladi, kafedralararo yigʻilishlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalarni (shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etadi;
- filial marketing xizmati bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning fakultet chiqarayotgan malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi, shuningdek, pedagog kadrlar, talabalar va ilmiy axborotlar bilan oʻzaro almashish uchun boshqa taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarni oʻrnatadi;
- taʼlim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirishga javob beradi, byudjetdan tashqari mablagʻlarni topish va ulardan oʻquv maqsadlarida foydalanishni amalga oshiradi;
- fakultetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga rahbarlik qiladi, shu jumladan talabalar turar joylarida;
- fakultetni tamomlaganlar bilan aloqa oʻrnatadi, ularning amaliy ishlari sifatini tahlil qiladi;
- fakultet ixtisosligi boʻyicha xalq xoʻjaligida band boʻlgan oliy maʼlumotli mutaxassislarning malaka oshirishini tashkil etadi;
- oʻz vakolati doirasida, fakultetning barcha xodimlari, talabalari va boshqa oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan farmoyish, yoʻriqnoma yoki koʻrsatmalar chiqaradi;
- taʼlim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat extiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini eʼtiborga olgan holda ishlab chiqilgan davlat taʼlim standartlari asosida shakllantiradi;
- fakultetda oʻqitiladigan fanlarni mazmunan va oʻquv auditoriya soatlari xajmi boʻyicha rivojlangan chet el mamlakatlari darajasida muvofiqlashtirish uchun fanlarning anʼanaviy mazmunini saqlagan holda zamonaviy axborot, uslublar, yangilik va boshqalar bilan boyitish choralarini koʻradi;
- taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga taʼsir koʻrsatadigan asosiy omillardan biri boʻlgan axborot-resurs manbalari bazasini kengaytirish choralarini koʻradi;
- taʼlimni rivojlantirish boʻyicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarini tuzadi;
- talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda foydali mehnat mashgʻulotlari bilan shugʻullanishlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar tashkil etadi, talabalarni har xil norasmiy oqimlarga qoʻshilib qolishlarining oldini oladi;
- vazirlik talablari asosida talabalarning xaftalik oʻquv yuklamalari va mustaqil ish soatlari xajmini oʻqitiladigan fanlar tizimiga muvofiqlashtiradi;
- talabalar orasida oʻquv intizomini yaxshilash mexanizmini yanada takomillashtirish, faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga tadbiq qiladi;
- fakultet boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish, tayyorlash va oʻqitishni
amalga oshiradi;
- kasbiy etiketini shakllantirish masalalariga kengroq eʼtibor beradi, adolatli, fidoyi, vatanparvar va eʼtiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni taʼminlaydi;
- fakultet jamoasi va talabalari orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda oʻzaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuygʻularini shakllantiradi;
- oʻquv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi;
- fakultet ilmiy-uslubiy Kengashi qoshida ustozlar tajribasini oʻrganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-oʻqituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish boʻyicha seminarlar tashkil etadi.
7. Nizom boʻyicha fakultet dekani filial ilmiy Kengashi va qabul komissiyasining aʼzosi, shuningdek Davlat attestatsiya komissiyasi raisining muovini hisoblanadi.
8. Fakultet dekani har yili filial ilmiy Kengashida oʻtgan oʻquv yilida amalga oshirilgan oʻquv, ilmiy va ilmiy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻyicha hisobot beradi hamda fakultet faoliyatining natijalari boʻyicha toʻla masʼuliyatni oʻziga oladi.
9. Kunduzgi oʻquv shaklida talabalar soni 200 dan 300 gacha boʻlgan holatda, fakultet dekaniga yordam tariqasida 0,5 shtat birligiga ega boʻlgan dekan muovini shtat vazifasi kiritiladi. Talabalar soni 300 dan ortiq boʻlsa har 150 talaba uchun qoʻshimcha ravishda 1,0 shtat birligi beriladi.
Dekan muovinlari, aksariyat hollarda, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan shaxslar safidan, fakultet dekanining tavsiyasiga koʻra, filial direktori tomonidan tayinlanadi.
10. Fakultet faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish uchun dekan qoshida fakultetning ilmiy Kengashi tashkil etiladi.
11. Fakultetlar filial ilmiy Kengashining qarori asosida direktorning buyrugʻi bilan qayta tashkil etiladi va tugatiladi.