MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Kelgusidagi vazifalar

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali jamoasi vatanimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin egallash, yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiluvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash ustida izlanmoqda. Barchamizga ochiq-oydin ma’lumki, dunyo har kuni yangi va chigal muammolar bilan boyib bormoqda va biz ularga munosib javob bera olishimiz uchun istiqbolimizni belgilab beruvchi, aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan strategiyaga ega bo‘lmog‘imiz zarur bo‘ladi. 

Ushbu strategiya istiqbolli ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarining zamonaviy tendensiyalariga mos kelishi, filialning o‘quv-ilmiy faoliyatini kuchaytirish orqali global va hududiy muammolarni yechish uchun inson kapitalini rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishish va istiqbolda xalqaro e’tirofga hamda integratsiyalashuvimizga imkon berishi zarur bo‘ladi.  

Strategik maqsad istiqboldagi rivojlanishning 2030-yilgacha bo‘lgan davrida filialni ijtimoiy, iqtisodiy va AKT sohasidagi zamonaviy ko‘p tarmoqli o‘quv, ilmiy, ekspert, maslahat kompleksiga aylantirish orqali O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida mamlakat va jamiyat farovonligiga xizmat qilishdir.

 

Istiqbolli strategik maqsadlar

Maqsadlarga erishish ko‘rsatkichlari

 

Innovatsiyalar va iqtisod, psixologiya, biotexnologiya, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, barqaror rivojlanish, zamonaviy jamiyat, raqamli texnologiyalar sohasida insoniyatning mintaqaviy va global muammolarini hal qilish uchun filialning inson kapitalini rivojlantirishga qo‘shishdagi hissasini oshirish

Mamlakatimizning barcha hududlari va dunyoning 5 ta mamlakatlari uchun 3500 nafardan ortiq mutaxassislar tayyorlash

Fanlar aro yondoshuvlar doirasida faol va interaktiv o‘qitish modellarini rivojlantirish

 

O‘zMU Jizzax filialini O‘zbekistonning eng internatsional OTM sifatida dunyo miqyosiga olib chiqish

Dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlaridan talabalar va olimlar

Dunyoning yetakchi OTM bilan 10 dan ortiq qo‘shma dasturlar (jumladan masofaviy onlayn ta’lim ham)

 

Filialning jahon raqamli ijtimoiy madaniy va ta’lim muhitidagi o‘rnini sezilarli darajada kengaytirish

O‘rta maxsus, professional ta’lim va asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha 10 dan ortiq yalpi ochiq onlayn kurslar hamda xalqaro platformalarga qo‘shimcha professional (kasblar) ta’lim dasturlarini joylashtirish

10% asosiy ta’lim dasturlarini onlayn ta’lim orqali amalga oshirish

 

Xalqaro miqyosga yangi The Jizzakh branch of NUU brendining integratsiyasni kuchaytirish

OAV xorijiy tillardagi segmentida nashrlarni 2 barobarga o‘sishini ta’minlash

Har yili ijtimoiy tarmoqlarning xorijiy segmentlarida 2 mln. auditoriyani qamrash

Filial 2022-2026-yillarda moliyaviy modelning bir qismi sifatida quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan.

• Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot ishlaridan olinadigan daromadlarni 2,5 baravarga oshirish; 

• Filialning yillik budjeti daromadlarini devirsifikatsiyalash: xo‘jalik shartnomalari, ilmiy ishlanmalarni va intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish, ilmiy-ishlab chiqarish korxonalarini ochish hisobiga ilmiy faoliyatdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘larni, 9 – 10% oshirish;

• Budjetdan tashqari mablag‘larning katta qismini filial infratuzilmasini modernizatsiya qilishga, material-texnik bazani kuchaytirishga, konkret muammolarning yechimiga, o‘qitishning yangi dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy faoliyatni rag‘batlantirishga va kadrlar salohiyatini rivojlantirish dasturi doirasida yuqori malakali kadrlarni yetishtirish va jalb qilishga yo‘naltirish. 

Asosiy resurslar quyidagi ko‘rsatkichlarni oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga qaratiladi: 

• global muammolar yechimiga qaratilgan fanlararo eng dolzarb tadqiqotlarni moliyalashtirish; 

• yuqori sifatli nashr faolligini moliyaviy rag‘batlantirish (sohalar bo‘yicha impakt faktori o‘rtachadan yuqori Q1/Q2 bo‘lgan); 

• ilmiy nashrlarni Open Access nashriyotlariga joylashtirishga xarajatlarni qoplab berish; 

• filial olimlarining eng yaxshi ilmiy nashrlari ochiq platformasini yaratish; 

• Mass Media va ijtimoiy ilmiy bazalar (Research Gate, Mendeley Web of Science, Scopus va boshqa) ning xorijiy segmentlarida olimlarning ilmiy natijalarini jadal joylashtirish; 

• ilmiy-pedagogik kadrlarning ilmiy va akademik mobilligini yuqori darajada o‘sishiga erishish;

• filial bazasida yuqori darajadagi xalqaro konferensiyalar, kongresslar, sammitlar sonini oshirish; 

• nashr faolligi yuqori ko‘rsatkichli xorijiy olimlarni filialga jalb qilish sonini keskin oshirish. 

Har bir OTM raqobatbardosh bo‘lmog‘i va buning uchun dunyoning eng nomdor universitetlari qatorida global va hududiy muammolarni yechish uchun inson kapitalini rivojlantirishshi zarur bo‘ladi. Ayni shu sohadagi filialning strategik maqsadini amalga oshirish uchun bir qancha tashabbuslar ilgari surilgan va ularni qat’iy talab, va aniq reja asosida bajarish rejalashtirilgan. Bular quyidagilardan iborat: 

• sohalar bo‘yicha tadqiqotchilik faoliyatini jadal rivojlantirish;

• ta’limni rivojlantirish va AKT dan foydalanish darajasini oshirish;

• ish beruvchilar bilan, jumladan xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish;

• filialda inson kapitali sifatini oshirish;

• material-texnik va ilmiy-laboratoriya bazasini rivojlantirish. 

Inson kapitali sifatini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha  asosiy maqsadlar sifatida, 2026-yilga xorijiy ilmiy-pedagogik kadrlarning, jumladan xorijiy universitetlarda PhD ilmiy darajasini olgan O‘zbekiston fuqarolari ulushini umumiy ilmiy-pedagogik kadrlar soniga nisbatan 10,2% ga oshirish rejalashtirilgan. Filialning rahbarlik lavozimlariga mutaxassislarni TOP–500 QS va THE dagi yetakchi universitetlardan va yetakchi biznes kompaniyalaridan jalb qilish va xorijiy ilmiy-pedagogik kadrlar ulushining oshishiga erishish hamda istiqbolli kadrlarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. 

Rejamizda biz uchun o‘ta zarur bo‘lgan ta’lim dasturlariga va ustivor ilmiy yo‘nalishlarga xalqaro mehnat bozorlaridan xorijiy universitetlarda PhD ilmiy darajasini olgan mutaxassislarni faol jalb qilish mavjud bo‘lib, hozirgi kunda nufuzli universitetlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. 

Filialda ta’lim sifatini dunyo standartlari darajasiga olib chiqish avvalo ilmiy-pedagogik kadrlarning saviyasi, tajribasi, ularning eng dolzarb ilmiy yo‘nalishlarda olib borayotgan tadqiqotlari va ularning natijalari bilan belgilanadi. Bu borada bir qancha tadbirlarni bajarishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yilgan, jumladan:

• mavjud ilmiy-pedagogik kadrlar orasidan zahira shakllantirish va ularni qabul qiluvchi tomon bazasida mavjud tadqiqotlarda ishtirok etishlari uchun yetakchi mahalliy va xorijiy universitetlarga yuborish; 

• Resbulikamizdagi yetakchi, flagmen OTMlar bazasida o‘qitishni va malaka oshirishni tashkil etish (filialga zarur bo‘lgan ta’lim dasturlari va ustivor ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha);

• xalqaro ilmiy konferensiyalarda qatnashish uchun xorijiy tillarda muloqot ko‘nikmalarini va taqdimot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni rivojlantirish. 

• yosh olimlar uchun xorijiy stajirovkalarni tashkil etish (o‘rta va uzoq muddatli dasturlarda, masalan ERASMUS+, CDI, DAAD, va boshqa) va ularning filialga qaytishini va ilmiy-pedagogik kadrlar sifatida ishga joylashishishini kafolatlash; 

• magistratura va bakalvriaturaning bitiruvchi kurslaridan istiqbolli talabalar bilan maqsadli ishlash orqali yosh ilmiy-pedagogik kadrlar zahirasini rivojlantirish va ularni amaldagi ilmiy-tadqiqot loyihalariga jalb qilish hamda istiqbolda filialning ilmiy sohasida faoliyat olib borishiga erishish;

• yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar izlash samaradorligini oshirish va jadallashtirish maqsadida va ularni oldindan belgilangan talablar va konkurs asosida tanlab olish maqsadida ixtisoslashgan xalqaro marketing xizmatini rivojlantirish. 

Filialning raqobatbardoshligi, biz tayyorlagan mutaxassisning mehnat bozorida nechog‘lik zarurligi bilan belgilanadi, shunday ekan, ish beruvchilar bilan, jumladan xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish zarur bo‘ladi. Buning uchun 2022-2026-yillar davomida ish beruvchilar bilan faol va tig‘iz ishlash imkonini beruvchi tizimlar va mexanizimlar yaratiladi.

Buning uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Filialning asosiy natijadorlik ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida va “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan milliy maqsadlar va strategik vazifalarga qaratiladi.

Filialning istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasi, yangi amaliyotlar va texnologiyalarni o‘zlashtirish jarayonidagi qisqa muddatli istiqbolda erishish qiyin bo‘lgan natijalarni hisobga olgan holdagi tahdidlarni boshqarish tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirishni nazarda tutadi. 

Rivojlanish strategiyamiz, 2030-yilga borib filialimizni jamiyat, davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar sohasida milliy darajadagi kompetensiyalar markaziga aylanishga, O‘zbekistonning global raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun davlat hokimiyati organlarini, davlat kompaniyalarini va korporatsiyalarini, budjet tarmog‘i tashkilotlari va jamoat institutlarini yuqori malakali kadrlar, tadqiqotlar, loyihaviy va analitik ishlanmalar bilan  ta’minlovchi flagmen universitetlar darajasiga yetkazishga yo‘naltirilgan.