MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Ilmiy salohiyat

Hozirgi kunga kelib Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali asosiy shtatida 82 nafar, shundan 26 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ilmiy salohiyat 31.7 foizni tashkil etadi. Filialda jami 4 nafar o‘qituvchi falsafa doktorligi (PhD) ilmiy darajaga erishgan, 3 nafar o‘qituvchi dotsent ilmiy unvonini va 3 nafar o‘qituvchi professor ilmiy unvonini olgan.