MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Ustoz shogirt maktabi

Ustoz-shogird maktabining asosiy maqsadi ilmiy-uslubiy yordamga muhtoj yosh pedagogni katta ilmiy-pedagogik tajribaga ega hamkasbi tomonidan ilmiy, va professional qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 

Maktabining asosiy vazifasi yosh o‘qituvchiga tajribali murabbiy tomonidan zarur ko‘mak berish va ish joyida amaliy yordam ko‘rsatish, kasbiy tayyorgarlik va ishlab chiqarish munosabatlarini o‘rgatishni tashkil qilish hisoblanadi. 

Filialda mavjud "Ustoz-shogird" murabbiylik maktabi bu yosh pedagogning tajribali ustoz (murabbiy) bilan tandemdagi faoliyatidan iborat bo‘lib, ushbu maktab orqali quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

- filialda yosh o‘qituvchilarning kasbiy darajasi va malakasini oshirish;

- yosh mutaxassis-pedagoglarda ta’lim faoliyatiga ijobiy munosabatni rivojlantirish;

- pedagogik faoliyatga jadal moslashish va kutilgan natijalarga erishish imkoniyati;

- filialda ta'lim jarayonining sifatini oshirishga ko‘maklashish.

Ushbu tizim yosh o‘qituvchiga oliy ta’lim tizimining barcha tuzilmalari va bo‘linmalari faoliyati bilan tanishishga yordam beradigan yo‘l xaritasidir.

Shu bilna birgalikda filialda ustoz-shogird ilmiy maktabi ham mavjud bo‘lib uning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat.

Psixologiya-pedagogika maktabi. Ushbu maktabda professorlar O.Turakulov, Sh.Xalilova, S.Usmanov, dosentlar K.Murotmusayev, N.Alimov, S.Aliboyev, U.Mingboyevlar rahbarligida yosh tadqiqotchilar psixologiya va pedagogikaning eng dolzarb muammolari bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Axborot texnologiyalari maktabi. Professorlar O.Turakulov, O.Bobomurodov, A.Axatov, dosentlar A.Abdukarimov, M. Ergashevlar axborot texnologiyalari va ulardan o’quv jarayonida foydalanish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Biotexnologiya ilmiy maktabi. Asosiy ilmiy tadqiqot yo’nalishi o’simliklarda mikroelementlarning fiziologik rolini aniqlashga qaratilgan. Bugungi kunda bu maktab vakillari prof. S.Murodova, dosent A.Urolov rahbarligida o’simliklarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi va hosildorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Dosent M.Mustofoqulov rahbarligida metobolomika, biofizika va bioximiya bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

O’zbek adabiyotshunosligi. Hozirgi kunda ilmiy O’zbek adabiyotshunosligi maktabida dosentlar T. Kuchkarov, L. Sindorov, X. Ibragimov o’zbek adabiyotshunosligi muammolari bilan shug’ullanib kelmoqda.

Falsafa maktabi Falsafa maktabida dosentlar E.Mallayeva, D. Alibekov bugungi mustaqillik g’oyasini falsafiy tadqiq etish ustida ishlamoqdalar.

Tarixchilar maktabi. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi bo‘yicha dosent B. Nosirov, yosh olimlar M. Boltaeva, O. Ortiqov izlanishlari bilan izchil boyib bormoqda.

Differensial (elliptik) tenglamalar nazariyasi ilmiy maktabi. Ushbu maktabda professor S.Otaqulov, dosentlar M. Rustamov, A.Musaev, A.Parmonov rahbarligida faol ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Iqtisodiy boshqaruv maktabi. Ushbu maktabda professor J.Bobonazarova, dotsentlar M. Tsoy, B.Muxtorovlar faoliyat yuritmoqda.